Jamiyat | 15:51 / 10.11.2016
9156
1 daqiqa o‘qiladi

Bred Pitt o‘g‘liga qo‘pol muomala qilmaganligi oydinlashdi

Foto: melty.fr

Hollivud aktrisasi Anjyelina Jolining vakili AQSh ijtimoiy xizmatlarning Bred Pittga nisbatan qaroriga izoh berdi. Bu haqida People nashri xabar berdi

Los-Anjyelesning oila va bolalar ishlari bo‘yicha boshqarmasi Pitt joriy yilning sentabrida oilaviy samolyotda o‘g‘li Meddoksga qo‘pol muomala qilmagan, degan xulosaga kelgan. 

Ma'lumki, Joli olti bolasini tarbiyalashni o‘z zimmasiga olmoqchi. Pitt esa bolalarni birgalikda tarbiyalash tarafdori. 

Joli vakilining so‘zlariga ko‘ra, boshqarmaning ishi bolalar xavfsizligini ta'minlashdan iborat. "Avval aytganimizdek, bolalikni muhofoza qilish sohasidagi professionallar ikki tomondan imzolangan bolalar manfaatini himoya qiluvchi yuridik kelishuv tuzishni tavsiya qilishdi", - deya ta'kidladi aktrisaning vakili. 

Mavzuga oid