Bred Pitt Xitoyda bu davlatga kiritilishi man qilingandan keyingi ilk filmini taqdim qildi
Amerikalik aktyor Bred Pitt Xitoyda bu davlatga kiritilishi man qilingandan keyingi ilk filmini taqdim qildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.
Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, Pekinga o‘z vaqtida uning ishtirokidagi "Tibetda 7 yil" (1997) filmi yoqmagan. shundan keyin go‘yoki unga Xitoyga kelish man qilib qo‘yilgan.
Biroq shunga qaramay, Pitt 2014 yilda Xitoyga kelgan: u rafiqasi Anjyelina Joliga promoturda hamrohlik qilgan, biroq soyada qolishni afzal ko‘rgan. Endi esa artist Xitoyga o‘zining yangi filmi – "Ittifoqdoshlar"ni taqdim qilgani keldi.
Shanxayda filmning namoyishida Pitt 40 daqiqa davomida dastxatlar ulashdi. U yana 20 daqiqaga yaqin jurnalistlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Jurnalistlarga aktyorga biror-bir savol berish taqiqlab qo‘yilgan. Savollarni uchrashuv boshlovchisi bergan va ular yangi film haqida bo‘lgan.
Mavzuga oid
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024
Olimlar ekologik toza quyosh batareyalarini ishlab chiqarish usulini topdi
20:48 / 09.12.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonganidan keyin birinchi marta Si Jinping bilan suhbatlashdi
19:51 / 24.04.2023