Jamiyat | 14:42 / 15.11.2016
12850
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning ikki mln dollar pora olgan vaziriga qanday jazo tayinlanishi mumkin?

Foto: © RIA Novosti

Rossiya iqtisodiy taraqqiyot vaziri Aleksey Ulyukayevga 15 yillik qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. U «Rosneft»ning «Bashneft» kompaniyasidagi davlat ulushini xarid qilish taklifini ma'qullash uchun 2 mln dollar miqdorida pora olayotgan vaqtda hibsga olingan edi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.

Tergov qo‘mitasi vakili Svetlana Petrenkoning so‘zlariga ko‘ra, Ulyukayevga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksi 290-moddasi 6-bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 

Ta'kidlanishicha, ushbu moddada ko‘zda tutilgan choralarga muvofiq, olingan pora miqdorining 80dan 100 barobarigacha jarima hamda 15 yilgacha ayrim lavozimlarni egallay olmaslik, yoxud pora miqdorining 70 baravari miqdorida jarima solish yoki solmaslik bilan 8 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishi mumkin. 
 

Mavzuga oid