Fan-texnika | 18:19 / 16.11.2016
9125
2 daqiqa o‘qiladi

Reaktiv XB-1 samolyoti prototipi namoyish etildi

Foto: © Boom Technology

Amerikaning Boom Technology kompaniyasi XB-1 Supersonic Demonstrator reaktiv yo‘lovchi samolyotining prototipini ommaga namoyish etdi. Kompaniya hisob-kitoblariga ko‘ra, yangi havo kemasi o‘zidan avvalgi «Concord» samolyotidan 10 foizga tezroq bo‘ladi. 

Loyihani britaniyalik milliarder Richard Brensonning Virgin Galactic kompaniyasi mooliyaviy va texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlamoqda. Unga allaqachon Baby Boom deya nom berilgani ham xabar qilinmoqda.

Prototipga ko‘ra, samolyot kompozit materiallardan tayyorlanganini ko‘rish mumkin. Unga 40 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan o‘rindiq bir qator qilib, darcha yoniga o‘rnatilgan. Ishlab chiqaruvchilarning uqdirishlaricha, Nyu-York va London shaharlari orasidagi masofai XB-1 Supersonic Demonstrator vositasida 3,5 soatda bosib o‘tish mumkin. 

Ushbu samolyotda ikki tomon uchun chipta narxi 5000 dollar atrofida bo‘lishi aytilmoqda. Ilk parvozlarni 2017 yilda boshlash rejalashtirilgan. Yo‘lovchilarga bevosita xizmat ko‘rsatish 2020 yildan yo‘lga qo‘yiladi. 

Foto: © Boom Technology
Foto: © Boom Technology
Foto: © Boom Technology
Foto: © Boom Technology
Foto: © Boom Technology
Foto: © Boom Technology
Foto: © Boom Technology
Foto: © Boom Technology
Foto: © Boom Technology

 

Mavzuga oid