Fan-texnika | 20:44 / 16.11.2016
5645
2 daqiqa o‘qiladi

Samsung portlash xavfiga ega bo‘lgan Galaxy Note 7 smartfonlarini yana sotishni boshlashi mumkin

Foto: Getty Images

Samsung kompaniyasi keyingi yil boshida portlash xavfiga ega bo‘lgan Galaxy Note 7 smartfonlarini sotishni boshlashi mumkin. Bu haqda kompaniyadagi anonim manbaga iqtibos keltirgan holda International Business Times nashri yozmoqda.

"Samsung hali yakuniy qaror qabul qilmadi va ko‘rinishicha, keyingi yildan tiklangan Note 7’ni sotishni boshlaydi", deb aytdi manba. Ta'kidlanishicha, bu qurilmalar birinchi navbatda Hindiston va Vetnam bozorida sotiladi.  

Ayni vaqtda korporatsiya Note 7’ning yonib ketishi sababini aniqlashga urinmoqda. Avvalroq kompaniya uchun uning xodimlari sinov sharoitlarida smartfonning alangalanishiga erisha olmayotgani jumboq bo‘lib qolayotgani ma'lum qilingandi. Tergov sababli Samsung’ning navbatdagi flagmani Galaxy S8’ning yaratilishi cho‘zilib ketgan. 

Note 7 smartfonlari 2016 yil avgustda sotuvga chiqqan, biroq oktabrdayoq smartfonning ko‘p marotaba alangalanishi holatlaridan keyin korporatsiya avval uning sotilishini, keyinchalik esa ishlab chiqarilishini ham to‘xtatgan. 

 

Mavzuga oid