Domodedovoda Dubayga uchuvchi samolyotda bomba borligi haqida xabar qilgan shaxs qo‘lga olindi
20 noyabrga o‘tar kechasi Moskvaning Domodedovo aeroportida Moskva–Dubay reysining ushlanib qolishiga sabab bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. U mast holatda bo‘lgan.
«Moskva» sayti xabarida aytilishicha, tunda Dubayga yo‘l olayotgan samolyot bortiga mast holatdagi er-xotin chiqqan. Erkak bortda o‘zini yomon tutgan, so‘kingan, yo‘lovchilarga havo kemasini portlatib yuborishi mumkinligini ma'lum qilgan, shuningdek, ekipaj kabinasiga kirmoqchi bo‘lgan.
«Nijniy Novgorodda istiqomat qiluvchi 29 yoshli fuqaro Moskva – Dubay aviareysida bort qoidalarini buzgan», — degan manba.
Ushbu voqea tufayli reys bekor qilingan, huquqbuzar esa transport politsiyasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan va navbatchilik qismiga tergov uchun olib ketilgan.
Ko‘ngilsizlik bartaraf etilgach, samolyot manzilga yo‘l olgan.
Mavzuga oid
15:44 / 06.12.2024
BAAda yana 9 o‘zbekistonlik ushlandi. Ular bilan 11 kundan buyon hech kim ko‘risha olmayapti
22:30 / 05.12.2024
Dubayda «nindzya» emojisini yuborgan irlandiyalik erkak bir necha yilga qamalishi mumkin
22:46 / 28.11.2024
Dubayda suzib yuruvchi politsiya uchastkasi ish boshlaydi
01:49 / 26.11.2024