Jamiyat | 14:27 / 22.11.2016
8924
2 daqiqa o‘qiladi

Diniy ekstremistlar oqimiga tushib qolgan yigit sudning qora kursisidan joy oldi

Foto: 112.ua

Sudlanuvchi Nabi Mahmudov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan)2008 yili ammasining o‘g‘liga ergashib Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun borgan edi. Bu orada hamkasblaridan Shavkat ismli kimsa unga go‘yoki diniy ta'limni o‘rgatadi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Oradan ikki yil o‘tib esa, qirg‘izistonlik Hamza, Ikrom, Bakit, andijonlik Zohid ismli shaxslar ham ishlash niyatida ishchilar safiga qo‘shildi. Ammo ular ishlashdan ham ko‘ra ko‘proq, N.Mahmudovni ekstremizmga da'vat qilishdi.

2010 yilning avgust oyida Gusarskaya ballada qishlog‘idagi uylardan birida to‘planishgan guruh N.Mahmudovning qo‘liga allaqanday kitoblar tutqazishdi. Kitoblarda diniy ekstremistik oqimlarning g‘oyalari, maqsadi, rejalari yozilgan edi. N.Mahmudovning ushbu harakatlari uni qora kursi sari yetakladi va sud tomonidan unga nisbatan qonunda belgilangan tartibda jazo tayinlandi.
 

Mavzuga oid