Fan-texnika | 07:49 / 25.11.2016
6792
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda panda ko‘rinishidagi poyezd ishga tushirildi

Foto: Reuters

Xitoyda antiqa temir yo‘l ishga tushirildi. Nima uchun antiqa deysizmi? Birinchidan, bu temir yo‘l osma monorels (bir izli) ko‘rinishida yaratilgan. Ikkinchidan, unda harakatlanuvchi vagonlar litiy batareyalardan quvvat oladi. Uchinchidan esa poyezdlar katta pandalar ko‘rinishida ishlangan. 

Ushbu temir yo‘l ishga tushirilgan Sichuan viloyati katta pandalarning vatani hisoblanadi. U yerga ushbu bambuk ayig‘ini ko‘rgani butun dunyodan minglab odamlar tashrif buyuradi. Ushbu viloyatda dunyodagi butun pandalarning uchdan ikki qismi yashaydi. 

Antiqa panda-poyezd o‘z ichiga 230 yo‘lovchini sig‘dira oladi. Uning tezligi 60 km/soatni tashkil qiladi. Temir yo‘lning uzunligi hozircha 1,4 km ni tashkil qilmoqda. U hozircha faqatgina xodimlar va jurnalistlarga ochiq. ShanghaiDaily nashrining ma'lum qilishicha, yangi poyezd sinov tarzida 10 ming km yo‘l bosib o‘tishi kerak. Agar sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, shundan keyingina panda-poyezd yo‘lovchilar uchun o‘z eshiklarini ochadi.

Mavzuga oid