Jahon | 00:42 / 25.11.2016
22839
1 daqiqa o‘qiladi

Shayx Mishariy Al-A'fasiy Erdo‘g‘andan norozi bo‘ldi

Kuvayt Katta masjidining imomi - shayx Mishariy Al-A'fasiy bir necha soat avval o‘zining tvitterida Isroilda bo‘layotgan voqealarga munosabat bildirib, Erdo‘g‘anning bu mamlakatga yordam qo‘lini cho‘zganligidan norozi bo‘lgan. 

"Erdo‘g‘an Isroildagi yong‘inlarni o‘chirishga samolyot yubormoqda! Savol: U Isroilni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildimi?"

Bundan avval Erdo‘g‘anning Isroilga yordam taklif qilgani hamda Mishariy Rashid Al-A'fasiyning Isroildagi yong‘inlar to‘lqiniga "omad tilagani" haqida xabarlar berilgandi. 

Shuni ta'kidlash joizki, shayx o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Isroildagi yong‘inlarga tegishli xabarlar va suratlar bilan faol bo‘lmoqda. 

 

Mavzuga oid