O‘zbekiston | 16:17 / 28.11.2016
35461
1 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy tarmoqda «Toshkent Siti» maketi paydo bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan tvitter va feysbukda 2017 yilda Toshkent shahrining «O‘qchi Olmazor» massivida qurilishi boshlanadigan «Toshkent Siti» biznes markazi loyihasi maketi surati paydo bo‘ldi.

Tarmoqlar foydalanuvchilari bu maketga o‘z baholarini berib borishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 24 noyabr kuni O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 24 noyabr kuni Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvida 2017 yilda poytaxtning markaziy tumanlaridan birida 70 gektar maydonga tadbirkor va banklar tomonidan 1 milliard dollar mablag‘ ajratiladigan «Toshkent Siti» biznes markazi qurilishi boshlanishi haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid