Fan-texnika | 13:18 / 30.11.2016
5554
2 daqiqa o‘qiladi

McLaren yangi sport-paket bilan jihozlangan superkarni taqdim etdi

Foto: Motor.ru

McLaren Automotive kompaniyasi 570S superkariga Track Pack nomli yangi sport-paket tayyorladi. Uni Buyuk Britaniyada 16,5 ming funt sterling evaziga buyurma qilish mumkin. Boshlang‘ich Ford Focus ham deyarli shunday narxda bo‘lsa (16 ming 445 funt), Volkswagen Golf uchun bir necha ming funt ko‘proq to‘lash talab etiladi.

Yangi paketga ega superkar 25 kilogramm og‘irroq bo‘lib, bu yangi karbon karkaslari bilan jihozlangan sport o‘rindiqlari va o‘ta yengil g‘ildirak disklari, shuningdek barcha charm qoplamalarining alkantarga almashtirilishi (o‘rindiqlar, oldingi panel va rul) evaziga amalga oshdi.

Track Pack avtomobilidagi antiqanotlar 12 millimetr yuqoriroqqa harakatlanishi mumkin. Bu soatiga 240 kilometr tezlikda qo‘shimcha 29 kilogramm ushlab turuvchi kuchni taqdim etadi.

Shuningdek, kupe telemetriya yozuv tizimi bilan jihozlanadi. U har bir aylana va alohida sektorlarni bosib o‘tish vaqti, tezlik grafikasi va barcha kerakli tahliliy ma'lumotlarni berish imkoniga ega.

Foto: Motor.ru
Foto: Motor.ru
Foto: Motor.ru

Mavzuga oid