Jamiyat | 10:40 / 30.11.2016
4816
3 daqiqa o‘qiladi

Reuters: Ulyukayev hibsga olinishidan avval "Rosneft"da davlat ulushining qisqartirilishi zarurligini aytgan

Foto: © RIA Novosti

Rossiyaning sobiq iqtisodiy rivojlanish vaziri Aleksey Ulyukayev hukumatdagi hamkasblari bilan muloqotlarda davlat "Rosneft" kompaniyasini nazorat qilishdan voz kechishi kerakligini isbotlab kelgan, deb xabar bermoqda ikkita manbaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi. 

Ulyukayevning fikrlari bilan tanish bo‘lgan manbaning aytishicha, Ulyukayev 15 noyabrda korrupsiyada ayblov bo‘yicha hibsga olinishidan avval "Rosneft"da davlat ulushining 50 foizdan kamroqqacha qisqartirili fikrini bildirgan.

Shu bilan birga bir necha amaldorlar sobiq vazirning hibsga olinishi korrupsiyaga qarshi kurashni namoyish qilishdan boshqa birorta ham istak bilan bog‘lanmaganini aytishmoqda. 

Biroq, mutaxassislarning aytishicha, kompaniyada davlat ulushini qisqartirish rejasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqin atrofiga kiruvchi, kompaniya rahbari Igor Sechinning mavqeini zaiflashtirgan bo‘lardi.

Shuningdek, Kreml, "Rosneft" va Ulyukayevning ishini olib borayotgan tergovchi jurnalistlarning bu savollariga javob berishmagan.

Ulyukayev "Rosneft"dan 2 mln dollar pora so‘raganlikda ayblanib hibsga olingandi va keyinchalik lavozimidan bo‘shatilgandi. Hozirda sobiq amaldor uy qamog‘ida saqlanmoqda va o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlarni inkor qilmoqda. U 20 yildan ko‘proq vaqt ichida panjara ortiga tushgan amaldagi birinchi vazir bo‘ldi. 

Hozirda davlat "Rosneft"da "Rosneftegaz" orqali 69,5 foiz ulushga ega. 2016 yilga rejalashtirilgan kompaniyani qisman xususiylashtirish doirasida "Rosneftegaz" kompaniyaning 19,5 foiz aksiyasini sotishi kerak edi. "Rosneft" bu aksiyalarni o‘zi sotib olib, keyin ularni xususiy investorlarga sotmoqchi.

Ulyukayevning g‘oyasi esa "Rosneftegaz" tomonidan yana bir aksiyalar paketi sotilishidan iborat edi. Shundan keyin "Rosneftegaz"ning "Rosneft"dagi ulushi 50 foizdan kamroqqa qisqarardi, qolgan ulush esa xususiy investorlarga tegishli bo‘lardi. Davlat esa qarorlarni bloklovchi aksiyalar paketiga ega bo‘lib qolardi.

Mavzuga oid