Ulyukayev pora olishda aybdor deb topildi va 8 yilga qamaldi
Moskva shahrining Zamoskvoretskiy sudi Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi sobiq rahbari Aleksey Ulyukayevni pora olganlikda aybdor deb topdi, deya xabar bermoqda RIA Novosti muxbiri sud zalidan.
Sudning aniqlashicha, Ulyukayev “Rosneft” rahbari Igor Sechindan “o‘zining xizmat vakolatlariga kiruvchi xatti-harakatlar” – “Rosneft” tomonidan “Bashneft”ning sotib olinishi to‘g‘risidagi bitimga ijobiy baho xulosa uchun 2 million dollar miqdorida pora olgan. "Ulyukayev mansabdor shaxs bo‘lgani holda, pora olganlikda aybdordir", - deya qaror chiqardi sudya Larisa Semenova.
Ma'lum bo‘lishicha, Moskvaning Zamoskvoretskiy sudi Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi sobiq rahbari Aleksey Ulyukayevni sakkiz yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida qaror chiqargan.
Bu muddat ichiga uning uy qamog‘ida o‘tirgan vaqti ham kirib ketadi. Shuningdek u pora summasining Rossiya rublidagi qiymatiga teng jarimani ham to‘lashi lozim. Bu, sudyaning so‘zlariga ko‘ra, taxminan 130 mln rublni tashkil etadi. Sud qo‘shimcha jazo sifatida Ulyukayevni ozodlikka chiqqanidan so‘ng sakkiz yil davomida hokimiyat organlarida lavozimni egallash huquqidan ham mahrum qildi. Prokuratura esa 10 yil koloniya va 500 million rubl miqdorida jarima jazosi tayinlanishini so‘ragan.
Shu tariqa, Ulyukayev Rossiyaning zamonaviy tarixida korrupsiya uchun sudlangan ilk federal vazirga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq so‘ralgan jazo muddati ancha katta ekaniga qaramay, bu barcha jazolar ichidagi eng qattig‘i emasligi xabar qilingandi. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi poraxo‘rlar uchun maksimal 15 yillik qamoqni nazarda tutadi. Bunga prokuraturaning ayblovni biroz yumshatish, “pora talab qilish” bo‘yicha eslatmani olib tashlash va “olish”ning o‘zini qoldirish bo‘yicha iltimosi ta'sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
17:38
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:16 / 24.12.2024
WP: Bayden Putinga «xayrlashuv zarbasi» - Rossiya energetikasiga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda
20:13 / 24.12.2024