Jamiyat | 15:59 / 01.12.2016
8909
2 daqiqa o‘qiladi

Maktab o‘quvchilari OIVga qarshi preparat o‘ylab topishdi

Avstraliyalik maktab o‘quvchilari OIV bilan kasallangan  bemorlar uchun 750 dollarli tabletkani 2 dollarga ishlab chiqishdi. Ular buning qanday uddasidan chiqqanligi to‘g‘risida The Sydney Morning Herald mahalliy gazetasi xabar berdi

Mazkur preparat Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan hayotiy muhim ahamiyatga ega dori vositalari ro‘yxatiga kiritildi. O‘tgan yili amerikalik ishbilarmon Martin Shkreli «Daraprim» preparatiga barcha huquqlarni sotib olgandi va uning narxini (1 tabletka uchun) 13,50 dollardan 750 dollargacha ko‘targan edi. «Daraprim» – parazitlar va malyariyaga qarshi dori vositasi. U immuniteti pasaygan, jumladan OIV yuqtirgan kishilarga tavsiya qilinadi. 

Sidneydagi o‘rta maktabning katta sinf o‘quvchilari "Daraprim"ning faol moddasi bo‘lgan pirimetaminni sintezlashning uddasidan chiqishdi. Ular Sidney universiteti kimyogari Elis Uilyamson rahbarligi ostida ish olib borishdi. Sintez usulini qidirishga bir yil vaqt sarflandi - patentlangan preparat esa maktab labaratoriyasi uchun haddan tashqari xavfli deb topildi. Yangi preparatning narxi - bir tabletka uchun atigi 1-2 dollar.

Mavzuga oid