Iqtisodiyot | 18:56 / 05.12.2016
14679
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda ish haqi ko‘tarildi

Foto:aktau-business.com

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev respublikaning 2017-2019 yillardagi byudjyetini tasdiqlovchi qonunni imzoladi. Yangi yildan boshlab mamlakatda jarima va pensiya pullari oshiriladi. Bu haqda NUR.KZ xabar bermoqda.

2017 yilning 1 yanvaridan boshlab eng kam ish haqi 24 459 tengeni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich 2016 yilda 22 859 tenge edi.
Pensiya miqdori ham 28 148 tengega oshadi. 2016 yilda bu qiymat 25 824 tenge edi. 

Nafaqalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni amalga oshirish, shuningdek, jarimalar, soliqlar Qozog‘iston Respublikasi qonunchiligida ko‘rsatib o‘tilgan boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladigan oylik hisoblash indeksi miqdori ham oshirilib, 2 269 tengega yetkazildi. 2016 yilda bu qiymat 2121 tengeni tashkil etar edi.

 

Mavzuga oid