Sport | 19:00 / 05.12.2016
11341
2 daqiqa o‘qiladi

“Lion” darvozaboni petardaning portlashi oqibatida kar bo‘lib qoldi

Foto: AFP

Fransiyaning “Lion” futbol klubi darvozaboni Antoni Lopesh eshitish qobiliyati bilan bog‘liq muammolar sabab ikki haftani o‘tkazib yuboradi. Futbolchida shikastlangan quloq og‘irligi kelib chiqqan bo‘lib, bunga Metsdagi stadion tribunasidan otilgan petarda sabab bo‘lgan.

Shifokorlarning va'da qilishicha, eshitish qobiliyati ikki haftadan so‘ng tiklanadi. Biroq bu vaqt davomida portugaliyalik o‘yinlarda ham, mashg‘ulotlarda ham qatnasha olmaydi.

Hodisa shanba kungi "Mets" – "Lion" uchrashuvida ro‘y berdi. Mehmonlar darvoza maydonchasiga petarda tashlab yuborilgach, u Lopeshga juda ham yaqin yerda portlab ketgan. Darvozabon bu vaqt davomida maydonda yotgan – tibbiyot xodimlari unga yordam ko‘rsatishayotgan edi.

Hakam uchrashuvni darhol to‘xtatib jamoalarni yechinish xonasiga boshlab ketdi. Bu vaqt “Mets” 1:0 hisobida g‘alaba qozonayotgan edi. Hodisa Fransiya futbol Federatsiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Mavzuga oid