O‘zbekiston | 19:20 / 05.12.2016
12463
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev xalqaro kuzatuvchilarga minnatdorchilik bildirdi

O‘zbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev saylov jarayonini kuzatish uchun respublikaga dunyoning 40dan ortiq mamlakatidan tashrif buyurgan xalqaro kuzatuvchilarga rus tilida minnatdorchilik bildirdi.

«Kuzatuvchilarga va nufuzli tashkilotlarga mamlakatdagi saylov jarayonida faol qatnashib, O‘zbekistondagi demokratik islohotlarga e'tibor qaratishgani uchun minnatdorchilik bildiraman», — degan u o‘z tarafdorlari tomonidan g‘alaba munosabati bilan «O‘zekspomarkaz»da tashkil qilingan miting vaqtida.

Xabar qilinishicha, bayramga 5 mingdan ortiq kishi yig‘ilgan. Ular davlat bayroqlari va Liberal-demokratik partiya ramzlarini ko‘tarib olishgan.

Mavzuga oid