2016 yilda dunyo sayyohligi poytaxti nomi ma'lum qilindi
Kuni-kecha 2016 yilda dunyo sayohligi poytaxtini aniqlaydigan World Travel Award tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda Pekin, London, Nyu-York, Parij, Rio-de-Janeyro, Rim, Sidney, Sankt-Peterburg va Venetsiya shaharlari o‘zaro raqobatlashishdi.
World Travel Awards prezidenti Grem Kukning ma'lum qilishicha, eng ko‘p sayyohlar Sankt-Peterburgning madaniy-me'moriy obidalarini tomosha qilgani tashrif buyurishar ekan. Shunga muvofiq shahar ushbu tanlovda g‘olib bo‘lgan.
Ma'lumot uchun: 2016 yilning sentabr oyida Sankt-Peterburg World Travel Awards’ning «Yevropadagi yetakchi sayyohlik yo‘nalishi»da ham birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. O‘shanda unga raqib sifatida Amsterdam, Barselona, Berlin, London, Florentsiya, Parij, Rim va Yevropaning yana bir qancha shaharlari tilga olingan.
Mavzuga oid
23:04 / 25.12.2024
Rossiyada 20 yil oldin bedarak yo‘qolgan jurnalistning qoldiqlari topildi. Uni militsiya polkovnigi o‘ldirgani ma’lum bo‘ldi
00:30 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi
14:11 / 18.12.2024
Rossiyada O‘zbekiston MDH davlatlari orasida eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishi deb tan olindi
16:22 / 06.12.2024