Jamiyat | 19:39 / 06.12.2016
10508
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Anjyelina Jolini BMT bosh kotibi bo‘lishi mumkinligiga ishontirishgan

Foto: Getty Images

Amerikalik aktrisa Anjyelina Joli BMTda ishlash uchun farzandlari bilan birga Londonga ko‘chib o‘tmoqchi, deb xabar bermoqda TMZ.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Joli turmush o‘rtog‘i, aktyor Bred Pitt bilan bir yildan ko‘proq vaqt chiqisha olmagan va go‘yoki BMTdagi "orzusidagi ish" uchun nikohini bekor qilishga bahona izlagan. 

Ta'kidlanishicha, Joli Pittning farzandlarga birgalikda g‘amxo‘rlik qilish huquqiga xatar yo‘qligida BMTda ishlashining imkoni yo‘qligini bilgan. Manbalarning ta'kidlashicha, Buyuk Britaniyadagi yuqori lavozimdagi amaldor ayollar Jolini "agar u o‘z qartalarini to‘g‘ri o‘ynay olsa", BMT bosh kotibi bo‘lishi mumkinligiga ishontirishgan. 

Biroq aktrisaning vakili Jolining Buyuk Britaniyaga ko‘chib o‘tishi rejalari haqidagi axborotni inkor etmoqda. Uning aytishicha, aktrisa o‘z diqqat-eʼtiborini farzandlari salomatligi va farovonligiga qaratgan hamda farzandlari va Pitt bilan terapiyani davom ettirmoqchi.

Avvalroq OAVda Jolining BMTda karera qilish istaklari Pitt bilan ajrashishi sababi deb atalgandi.

 

Mavzuga oid