Jahon | 16:43 / 17.12.2018
12846
1 daqiqa o‘qiladi

«Katrina» dovulidan jabrlanganlar 13 yil o‘tib Bred Pittni sudga berishdi

Foto: Mario Anzuoni/Reuters

AQShda 2005 yilda yuz bergan «Katrina» dovuli tufayli o‘z uylarini yo‘qotgan Yangi Orlean aholisi gollivudlik aktyor Bred Pittga qarshi da'vo arizasi bilan sudga murojaat qilishdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, aholi vakillarining talabi shunga bog‘liqki, aktyorning Make It Right («To‘g‘ri qil») xayriya jamg‘armasi ularning uy-joyini qurish bilan shug‘ullangan. Shu bilan birga, uylar yashash uchun yaroqsiz bo‘lib chiqdi, jabrlanuvchilarning fikricha, uylar standartlarga javob bermaydi. Jamg‘arma bu da'volar bilan loyiha me'moriga murojaat qilishni maslahat bergan.

Avvalroq, Bred Pitt va Leonardo Di Kaprio amerikaliklarni saylovlarda «mamlakat taqdirini hal qilishga» chaqirgandi.

Mavzuga oid