Video: Mazda qurilishi bitmagan ko‘prikda o‘z imkoniyatlarini namoyish qildi
Mazda yapon avtomobil ishlab chiqaruvchisining Isroildagi bo‘limi "Hayratlanishga tayyor turing" (Prepare to be Amazed) reklama kampaniyasini ishga tushirdi. Unda kompaniya xaridorlarning istagini bajarayotganligi namoyish qilingan. Roliklarda haydovchi xavf ostida bo‘lgan avtomobil tizimi sinovlari ko‘rsatilgan.
Mazda qurilishi yakunlanmagan ko‘prikda avtomobil sinovlarini o‘tkazgan. Birinchi rolikda kompaniya vakili avtomobilning yaxshilangan xavfsizlik tizimini namoyish qiladi. Kompaniya xodimlari britaniyalik avtopoygachi Ben Kollinsning ko‘zini bog‘lab, oynalari muhrlangan avtomobilga o‘tkazishadi. Kollins sinov maydonida nima bo‘layotganini ko‘rmaydi. Shu holatda u harakatlanishni boshlaydi.
Xavfsizlik tizimi mashina qarshisida to‘siq paydo bo‘lsa yoki avtomobil jar yoqasiga kelib qolsa, haydovchini ogohlantiradi. Haydovchi sinov maydonining chekkasiga kelib qolganda, avtomobil to‘xtaydi. Videoning oxirida Mazda vakili xavfsizlik tizimidan shikoyat qilgan xaridorlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi, bu avtomobilning kuchli tomonlarini ko‘rsatish imkonini berdi.
Boshqa bir rolikda Kollins sarxush yo‘lovchilar bo‘lgan avtomobilni boshqaradi. Sayohat chog‘ida avtopoygachi tovushli tizim orqali onasi bilan suhbatlashishga urinadi. Kompaniya shu tariqa xaridorlar istaganidek texnik aksessuarlar qo‘shilganini namoyish etadi. Video oxirida Mazda vakili sinovdan keyin omon qolgan haydovchiga minnatdorchilik bildiradi.
Kompaniya vakili Mazda'da sayohat qilish yetarlicha qiziqarli emasligidan shikoyat qilgan mijozlarning nohaqligini isbotlash maqsadida yana bir rolikni taqdim etadi - sinov paytida Kollins avtomobilga o‘tirib, avtomobilga bo‘yoq otayotgan kvadrokopterning ta'qibidan mohirlik bilan qochadi.
So‘nggi sinovda Mazda xodimlari avtomobilning ko‘rinishi a'lo darajada ekanligini namoyish qilishgan. Tadqiqotchilar guruhi "O‘tir", "Tur" kabi buyruqlarga quloq solmaydigan itni tanlab olishgan va unga fotokamera o‘rnatishgan. Rolikda Mazda'ning ortiqcha detallarsiz aniq suratlari ko‘rsatilgan. Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, avtomobil shu qadar chiroyliki, hatto itlar ham unda ajoyib suratlarni olishi mumkin.
Saatchi & Saatchi reklama agentligi vakillari Mazda avtomobillarining Isroilda mashhur bo‘lganini aytishgan. Biroq u qancha tanilgani sayin, shuncha ko‘p ayb qidira boshlashgan. Mazda vakillari gap mashinalarning sifatida emas, reklamada transport vositasining ustunliklari ko‘rsatib berilishida deb hisoblashdi. Reklama agentliklari xodimlari foydalanuvchilarning Mazda avtomobillari haqidagi eng salbiy fikrlarni tanlab olib, ularning nohaqligini roliklar orqali isbotlashga harakat qildi.
Mavzuga oid
16:05
«Mossad» xodimlari «Hizbulloh» peyjerlari va ratsiyalarini portlatish amaliyoti qanday tayyorlanganini aytib berishdi
12:01
Isroil Eronda Hamas yetakchisi Ismoil Haniyani o‘ldirganini ilk bor tan oldi
00:02 / 22.12.2024
Vladimir Putin: «Suriyadagi voqealar benefitsiari - Isroil»
16:40 / 20.12.2024