Sport | 17:25 / 10.12.2016
7184
1 daqiqa o‘qiladi
Yangi zelandiyalik bokschi WBO yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioniga aylandi
Yangi zelandiyalik Jozef Parker Butunjahon boks tashkiloti (WBO) yo‘nalishi bo‘yicha o‘ta og‘ir vazn toifasidagi bo‘sh qolgan jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. Oklend (Yangi Zelandiya)da tashkil etilgan 12 raundlik jangda u amerikalik Endi Ruisni ochkolar bo‘yicha mag‘lub etdi: ikki hakam g‘alabani Parkerga taqdim etgan bo‘lsa, yana bir referi durang natijani qayd etdi.
Ma'lumot uchun, WBO unvoni oktabrda britaniyalik Tayson Fyuri undan va Butunjahon boks tashkiloti (WBA) hamda Xalqaro boks tashkiloti (IBO) kamarlaridan sog‘lig‘i sabab voz kechganidan so‘ng bo‘sh qolgan edi.
24 yoshli Parker esa ilk bora jahon chempioniga aylandi.