Istanbuldagi terakt qurbonlari 29 nafarga yetdi
Istanbulda sodir etilgan ikkita portlash qurbonlari soni 29 nafarga yetdi, ulardan 27 nafari politsiya xodimi. Bu haqda Turkiya IIV rahbari Sulaymon Soylu ma'lumotiga asoslanib, “Reyter” xabar bermoqda.
Portlashlar oqibatida jabrlanganlar soni 166 nafarga yetdi. Avvalroq 15 kishi halok bo‘lgani va yaradorlar soni 70 nafarni tashkil etayotgani xabar qilingan edi.
Sulaymon Soyluning ma'lum qilishicha, ushbu portlashlarga aloqadorlikda gumon qilinib, 10 kishi ushlangan. Uning aytishicha, mashinadagi mina masofadan turib harakatga keltirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya OAV xabariga ko‘ra, portlash Toshkent vaqti bilan 00.30da Machka parki va “Vodafon Arena” stadioni oldida yuz berdi.
Mavzuga oid
13:27 / 25.12.2024
Magdeburgdagi fojia: hujum qilgan shaxs mashinasida vasiyatnoma topildi
20:42 / 04.12.2024
Rossiyada «Krokus»dagi teraktga aloqador yana to‘rt kishi qo‘lga olindi
16:33 / 25.11.2024
O‘zbek ayollarini haqoratlagan turkiyalik stendapchi: unga qarshi Istanbul prokuraturasiga ariza topshirilgan
00:48 / 23.11.2024