Jamiyat | 14:04 / 14.12.2016
5616
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda bolalar savdosi bilan shug‘ullangan yirik jinoiy guruh a'zolari qo‘lga olindi

Foto: © Fotolia

XXR politsiyasi bolalar savdosi bilan shug‘ullangan yirik jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘ydi. Maxsus amaliyot chog‘ida 157 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan, 36 nafar bola qutqarilgan. Xitoy jamoat xavfsizligi vazirligi bayonotida shu haqda ma'lum qilingan. 

Guruh faoliyatini fosh qilish va barham berish kampaniyasi Xitoyning bir necha viloyati va tumanlari huquq-tartibot idoralari hamkorligida tashkil etilgan. 

Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, jinoiy guruh 2014 yildan faoliyat olib borgan. Ayni vaqtda qutqarilgan bolalar xavfsizlikda ekani xabar qilinmoqda. 

Politsiya ushlanganlarga qarshi surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda. 

Mavzuga oid