Jahon | 11:41 / 17.12.2016
9771
1 daqiqa o‘qiladi
Mishel Obama Tramp g‘alabasidan keyin umidi yo‘qolganini bildirdi
AQShning amaldagi birinchi xonimi Mishel Obamaning so‘zlariga ko‘ra, hayotda kelajakka ishonch juda muhimdir. Uning aytishicha, turmush o‘rtog‘i — AQSh prezidenti Barak Obama — bu qoidani o‘z hayotida shunchaki ibora sifatida qo‘llamagan, balki rioya ham qilgan.
«Biz erim bilan ikkimiz, umidi yo‘qolgan insonda nima qolishi mumkinligi haqida o‘yladik. Agar sen farzandlaringga umid-ishonch bera olmas ekansan, ularga nima ham qoldira olasan?» — degan AQShning birinchi xonimi.
Mishel Obamaning ta'kidlashicha, uning turmush o‘rtog‘i amerikaliklarga umid bera olgan.