O‘zbekiston | 11:28 / 20.12.2016
136478
2 daqiqa o‘qiladi

Islom Karimovning qo‘riqlash xizmati sobiq rahbari Davlat bojxona qo‘mitasiga rais bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining raisi o‘zgardi. Bu haqda qo‘mita saytida xabar berilgan.

Saytda ayni vaqtda Davlat bojxona raisi sifatida general-mayor Muidjon Vahobovich Tohiriy ko‘rsatilgan.

DBQ rahbari lavozimida 2011 yildan buyon faoliyat yuritib kelgan Zohid Dusanov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyuta jinoyatlari va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti rahbarligiga o‘tkazilgan. Dusanov general-mayor Shuhrat Uzoqov o‘rnini egalladi. U 2008-2011 yillarda ham shu lavozimda bo‘lgandi.

RIA Novosti agentligi ma'lumotiga ko‘ra, Tohiriy bunga qadar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti qo‘riqlash xizmati rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.

2013 yilga qadar u Islom Karimov xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilgan, unga qadar esa Respublika rahbari davlat maslahatchisi, Milliy Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Uning shundan keyingi faoliyati haqida ma'lumot yo‘q.

Mavzuga oid