Jahon | 14:39 / 20.12.2016
4599
2 daqiqa o‘qiladi

Pekin aeroportida smog tufayli 250 dan ortiq reys bekor qilindi

Pekindagi “Shoudu” xalqaro aeroportida smog sabab bekor qilingan reyslar soni 256 ga yetdi, yana 273 reys kechiktirildi. Bu haqda Xitoy Milliy radiosi xabar berdi.

Radio ma'lumotlariga ko‘ra, aeroportda ko‘rish masofasi 200 metrni tashkil qilmoqda. Xitoy hukumati esa o‘tgan hafta oxirida Pekin va Tyantszin, shuningdek yana 20 ta shaharda havo ifloslanishi sabab “qizil” darajani e'lon qilgan. Alohida rejim 16 dekabrdan boshlab amal qilmoqda. Uni 21 dekabrga o‘tar kechasi bekor qilish rejalashtirilgan.

Mahalliy vaqt bilan soat 15.00 dagi ma'lumotlarga ko‘ra, Pekin havosidagi zararli zarralar miqdori bir kub metrga 451 mikrogrammni tashkil qildi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan esa xavfsiz deb bir kub metrga 25 mikrogramm tan olingan.

Shuningdek, Sinxua agentligining xabar berishicha, Pekindagi tezkor avtomagistral va halqa yo‘llarining bir qismi ham yopilgan. 

Avvalroq, “Shoudu” aeroporti ma'muriyati smog sabab “qizil” darajani e'lon qilgandi. 19 dekabr soat 22:00 dan 21 dekabr 8:00 ga qadar barcha aviareyslarning taxminan 80 foizi bekor qilingan. 

Mavzuga oid