Light | 20:36 / 21.12.2016
11837
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Antarktikaning turfa xil suv osti dunyosi

Foto: AFP

Avstraliya hukumatining atrof-muhit va energetika departamenti xodimlari Antarktika o‘simlik dunyosini suratga oldilar. Eng janubiy materik atrofidagi hududlarda suv harorati 0° S atrofida bo‘lishi va yorug‘likning butkul yo‘qligi kabi qat'iy sharoitlarga qaramasdan, bu yerdagi o‘simliklar turfa ranglar va shakllar bilan ajralib turadi. 

Video mualliflaridan biri doktor Glenn Jonstonning aytishicha, rolik qit'aning sharqiy sohilida, Keysi tadqiqot stansiyasidan 5 km uzoqlikda suratga olingan. Uning qo‘shimcha qilishicha, tajribadan maqsad 2100 yilgacha butun dunyoda yuz berishi mumkin bo‘lgan iqlim o‘zgarishining ta'sirini o‘rganish bo‘lgan.

Jonstonning tushuntirishicha, oxirgi vaqtda Antarktika suvlarida vodorod ko‘rsatkichi (pH) miqdori tushib ketgan, chunki sovuq suv uglerod dioksidini tezroq yutadi. Olimning fikricha, bunday o‘zgarishlar yaqin vaqtda boshqa okean hududlarida ham iliq suv karbonat angidridni yuta boshlashi bilan yuz bera boshlaydi. 

Mavzuga oid