O‘zbekiston | 16:32 / 18.07.2021
15676
1 daqiqa o‘qiladi
Shavkat Mirziyoyev halokatli suv toshqinlari munosabati bilan Germaniyaga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev suv toshqinlari munosabati bilan Germaniya xalqi va rahbariyatiga hamdardlik bildirdi.
«O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal Respublikasi federal kansleri Angela Merkel va federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerga ushbu mamlakat g‘arbida ro‘y bergan halokatli toshqinlar oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan ta'ziya yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga, butun Germaniya xalqiga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi», deyiladi ta'ziyanomada.
- 15 iyul kunidan G‘arbiy Yevropada yoqqan kuchli va davomli yomg‘irlar suv toshqinlarini keltirib chiqardi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lganlar soni kamida 180 nafarni tashkil etmoqda, mingdan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan.
Mavzuga oid
00:30
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi
20:19 / 24.12.2024
2025 yilda tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoshi oshiriladi
18:47 / 24.12.2024
Kelgusi o‘quv yilida 100 dan ziyod maktab tashkil etiladi, 162 ta bog‘cha quriladi
10:30 / 24.12.2024