Jahon | 19:38 / 22.12.2016
28122
1 daqiqa o‘qiladi

Karlovning qotili suiqasddan oldin sartaroshga borgan va 44 dollarga yangi kostyum sotib olgan

19 dekabr kuni Anqarada Rossiya elchisi Andrey Karlovning hayotiga suiqasd qilinishi bo‘yicha tergov ishlarida shu aniqlandiki, qotillikni amalga oshirgan Mert Oltintosh o‘sha kuni sartarosh va hammomga borgan hamda 115 turk lirasiga (44 dollar) yangi kostyum sotib olgan.

Bundan oldingi xabarlarda ushbu jinoyatchi suiqasd sodir etilgan fotoko‘rgazma yaqinidagi mehmonxonada xona band qilib, shu yerda qotillik rejasini tuzgani aytilgandi.

Rossiya bu hodisa bo‘yicha "Inson o‘limiga olib kelgan xalqaro terrorizm akti" moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochgan.

Bugun Moskvada, Rossiya TIV binosida Karlov bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimga Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham tashrif buyurdi.

Mavzuga oid