Jahon | 20:58 / 23.12.2016
9510
2 daqiqa o‘qiladi

20 dekabrdan AQShga kirayotganlardan ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini ko‘rsatish so‘ralmoqda

Foto: Getty Images

2016 yilning 20 dekabridan AQShning soliq va chegara xizmati mamlakatga vaqtinchalik tashrif buyurgan fuqarolardan sayohatlarni avtorizatsiyalash elektron tizimi shaklini (ESTA) to‘ldirishda "internetda mavjudlik bilan bog‘liq ma'lumot" qoldirish so‘ramoqda. Politico nashri shu haqida xabar berdi

Yangi qoidalar faqat mamlakatga vizasiz kelayotgan fuqarolarga taalluqli. Manbada aytilishicha, 19 dekabrda hukumat hujjat shaklini to‘ldirishga kiritilgan yangi o‘zgarishlarni tasdiqlagan. Hujjatning yangi satrida xorij fuqarolariga ijtimoiy tarmoqlar va internet servislardagi (VKontakte, Facebook, Twitter, Instagram, LinkedIn, YouTube va Google+) akkauntlarini ko‘rsatib o‘tish taklifi beriladi. 

Bunday o‘zgarishlar AQSh hukumatining "potensial tahdidlarni aniqlash"ni osonlashtirish harakatlari bilan izohlanmoqda. Ijtimoiy tarmoqlardagi ma'lumotlar IShID kabi turli terrorchi guruhlar vakillarini o‘z vaqtida aniqlab, ularning mamlakatga kirishiga yo‘l qo‘ymaslikka yordam beradi. 

Shuni ta'kidlash joizki, ESTA'ning mazkur satrini to‘ldirish majburiy emas. 

 

Mavzuga oid