Fan-texnika | 17:58 / 24.12.2016
6352
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda taom taklif qiluvchi "aqlli" restoran ochildi

KFC tamaddixonalar tarmog‘ining Xitoydagi bo‘limi va mahalliy internet-xolding Baidu mijozning yuziga qarab unga taom taklif qiluvchi qurilma bo‘lgan "aqlli" restoran ochdi, deb xabar bermoqda TechCrunch.

Qurilma mijozning jinsi, yoshi va kayfiyatini aniqlay olib, so‘ngra olingan ma'lumotlar asosida taom taklif qiladi. Misol uchun, qurilma 20 yoshli yigitga lanchga tovuqli gamburger, qovurilgan tovuq qanotchalari va kola, 50 yoshli ayolga nonushtaga bo‘tqa va soyali sut taklif qiladi. 

Restoranga tashrif buyuruvchilar istasalar bu taklifni qabul qilishlari yoki buyurtmani o‘zlari istagancha berishlari mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, qurilma mijozlarni eslab qolib, ular keyingi safar kelganlarida avvalgi buyurtmani taklif qiladi.

KFC va Baidu bu texnologiyani bitta restoranda sinovdan  o‘tkazmoqda, biroq u mijozlarga xush kelsa, uni boshqa restoranlarga ham tatbiq qilishi mumkin.

 

Mavzuga oid