Jahon | 09:46 / 24.12.2016
7452
1 daqiqa o‘qiladi

Liviya samolyotini olib qochganlar granata mulyajidan foydalanganlar

Foto: Google image

Afriqiyah Airways aviakompaniyasining A320 samolyotini 111 yo‘lovchi bilan olib qochgan ikki nafar shaxs o‘z jinoyatlarini sodir etishda qurol-aslaha mulyajidan foydalanganlar, deb Malta bosh vaziri Jozef Muskat aytgan so‘zlarni keltirib o‘tdi Times of Malta nashri.

Barcha yo‘lovchilar va ekipaj a'zolari ozod qilinib, bosqinchilar qo‘lga olingandan keyin samolyot salonini ko‘zdan kechirib chiqqan maxsus kuchlar xodimlari qo‘l granatasi va ikkita to‘pponcha aniqlashgan. Ekspertizadan keyin bular mulyaj ekanligi ma'lum bo‘lgan. 

Muskatning aytishicha, agar garovga olinganlar ozod qilinmaganda, politsiya jinoyatchilar bilan hech qanday muzokara olib bormagan bo‘lardi.

 

Mavzuga oid