Sport | 16:58 / 25.12.2016
9575
2 daqiqa o‘qiladi

Mourino: Boxing Day - jonu dilim

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino mankunianliklar jamoasi rasmiy saytiga bergan intervyusida ma'lum qildiki, unga Boxing Day kunlari juda yoqadi va uning uchun bu kunlar alohida ahamiyatga egadir.

Angliyada Rojdestvodan keyingi 1 hafta mobaynida har kuni futbol o‘ynalishi ko‘p yillardan buyon an'anaga aylangan.

«Boxing Day — jonu dilim. Men buni haddan ortiq yoqtiraman! Bilaman, oila a'zolarimiz bizni sog‘inib qolishadi, ammo ular bizni sevishadi ham. Ular bizning ishimizni bilishadi, ular bizning futbol o‘ynab baxtiyor bo‘lishimizni bilishadi. Biz futbol o‘ynab boshqalarga ham baxtli onlarni ulashamiz. Deyarli boshqa hech bir davlatda futbol bo‘lmayotgan vaqtda biz muxlislarni quvontirishda davom etamiz.

Alal-oqibat oilamiz ham baxtiyor bo‘lishadi. Menga bu juda yoqadi, men uchun Boxing Day — ishimdagi alohida hodisa, biz odamlarga ular yoqtirgan narsani berishda davom etamiz. Biz barchamiz bilamizki, bu yurt futbolni juda sevadi, Manchester „Manchester Yunayted“ni sevadi, men esa Boxing Day ni sevaman», — degan Mourino.

Manchesterliklar jamoasi Boxing Day kunlarida «Sanderlend», «Midlsboro» va «Vest Hem» jamoalariga qarshi o‘yinlar o‘tkazadi.

Mavzuga oid