Turkmaniston davlat rahbari prezidentlikka nomzodlar foydasiga o‘z teleefirlaridan voz kechdi
Turkmaniston prezidentligiga nomzod, amaldagi davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhammedov mamlakatdagi yuksak davlat lavozimiga nomzodlar foydasiga televideniyeda o‘ziga ajratilgan vaqtdan voz kechdi. Bu haqida mahalliy OAV xabariga asoslanib, RIA "Novosti"da ma'lum qilindi.
"Saylovlar va referendumlarni o‘tkazuvchi Markaziy saylov komissiyasidan televideniyeda men uchun ajratilgan efir vaqtini Turkmaniston prezidentligiga boshqa nomzodlarga taqsimlab berishingizni so‘rayman. Barcha nomzodlarga omad tilayman", - dedi Berdimuhammedov.
Turkmanistondagi prezidentlik saylovlari 2017 yilning 12 fevraliga belgilangan.
Saylov oldi dasturga keladigan bo‘lsak, davlat rahbari mamlakat prezidenti etib saylangan taqdirda turkman davlatining iqtisodiy salohiyatini oshirish, aholi jon boshiga daromadni yetakchi mamlakatlar darajasiga ko‘tarish, elektron sanoat yaratilishiga alohida e'tibor qaratish va mamlakatni sanoati rivojlangan davlatga aylantirish, jamiyat siyosiy tizimi faoliyatini modernizatsiyalashtirish, ijtimoiy hayotni demokratlashtirishda davom etish, milliy armiya, Harbiy-dengiz va Harbiy-havo kuchlari, chegara qo‘shinlari qudratini kuchaytirish, aloqa va teleradioeshittirishlar faoliyatini yaxshilash uchun yangi sun'iy aloqa yo‘ldoshlarini orbitaga olib chiqish, xalq xo‘jaligi ehtiyojlarini qondirish niyatida ekanini bildirdi.
Shuningdek Turkmaniston prezidenti xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda terrorizm, ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik va poraxo‘rlik bilan kurashishga va'da berdi.
Mamlakat prezidentlik saylovlarda 4 nafar nomzod ishtirok etadi.
Konstitutsiyaga muvofiq, Turkmanistonda tug‘ilgan, 40 yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilida so‘zlashuvchi, so‘nggi 15 yilda mamlakatda yashab, ishlagan fuqaro Turkmaniston prezidenti bo‘la oladi. Turkmaniston prezidenti xalq tomonidan 7 yil muddatga saylanadi.
Mavzuga oid
17:06
«Turkmaniston» aviakompaniyasi Moskvaga reyslarini 1 oyga to‘xtatdi
16:26 / 12.12.2024
Abdulaziz Komilov Turkmanistonning «Hurmatli el yoshullisi» unvoni bilan taqdirlandi
15:25 / 06.12.2024
Turkmaniston O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni ko‘paytiradi
19:33 / 05.12.2024