O‘zbekistonda aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 dekabr kuni "Aholining keksa, nogiron va boshqa zaif qatlamiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Bu haqda Uzreport.uz sayti xabar qilmoqda.
Hujjat parlament Qonunchilik palatasi tomonidan 6 oktabrda qabul qilingan, 12 oktabrda Senat tomonidan tasdiqlangan edi.
Qonun aholining muhtoj qatlamiga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, ularni ko‘rsatishga doir umumiy talablar va asosiy yo‘nalishlarni aniqlash hamda ushbu sohada faoliyat yuritadigan davlat, nodavlat tashkilotlar va tadbirkorlik sub'yektlarining o‘rni va ma'suliyatini oshirish maqsadida qabul qilingan. Ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish jarayonida qonunchilik talablarining ijrosini ta'minlashda monitoringni va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish choralari ko‘zda tutilgan.
Ushbu qonun me'yorlarini hayotga tatbiq etish ijtimoiy himoya tizimining jamoatchilik nazorati uchun shaffof bo‘lishini ta'minlaydi. Aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish jarayonini tartibga solish barobarida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yanada yaxshilash, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Qonun matbuotda rasman e'lon qilinganidan 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mavzuga oid
16:16 / 29.11.2024
«Temiryo‘l transporti to‘g‘risida»gi qonun imzolandi
11:50 / 20.11.2024
Prezident: 100 ta emas, 5 ta qonun qabul qilaylik, lekin xalqchil bo‘lsin, xalqimizga xizmat qilsin
17:35 / 18.11.2024
O‘zbekistonda ombudsman to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
09:59 / 13.11.2024