Fan-texnika | 17:56 / 30.12.2016
5005
1 daqiqa o‘qiladi

Twitter rahbari tahrirlash funksiyasi zarurligini e'tirof etdi

Foto: WSJ

Twitter rahbari Jyek Dorsi endilikda tvitlarni tahrirlash imkoniyati zarurligini e'tirof etdi. Bu haqda CNET xabar bermoqda.

Dorsi, shuningdek, foydalanuvchilardan Twitter’ni yaxshilash va yangi funksiyalar joriy etish uchun o‘z g‘oyalarini berishlarini so‘ragan. 

Aksari foydalanuvchilar tvitlarni tahrirlash funksiyasi zarurligini aytishgan, Dorsi bu taklifni qo‘llab-quvvatlagan. 

Eslatib o‘tamiz, Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda tahrirlash funksiyasi joriy etilgan.
 

Mavzuga oid