Sport | 17:25 / 31.12.2016
5454
1 daqiqa o‘qiladi

Konte Ronalduga xitoyliklardan taklif bo‘lgani haqidagi xabarlarga ishonmasligini aytdi

«Chelsi» jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte xitoyliklar klubi «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning transferiga 300 mln yevro va uning o‘ziga 100 mln yevro miqdoridagi yillik maosh taklif qilganiga ishonmasligini aytib o‘tdi.

«Ronaldu uchun bunday taklif berilishiga aql bovar qilmaydi. Gap juda katta pullar haqida ketmoqda. Men bunday xabarlarga ishonishni istamayman, bunday bo‘lishi to‘g‘ri ham emas. Tevesning shartnomasini ko‘rdim. Futbolchi bunday pullardan voz kechishi juda qiyin bo‘ladi», — deya Kontening so‘zlarini keltirgan A Bola.

4 karra «Oltin to‘p» sohibi bo‘lmish Ronalduning «Real» bilan shartnomasi shu yilning noyabrida 2021 yilgacha uzaytirilgandi.

Mavzuga oid