Jahon | 17:19 / 03.01.2017
7943
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy tarixida birinchi bor smog tufayli xavfning “qizil” darajasi e'lon qilindi

Xitoy milliy iqlimshunoslik markazi mamlakatning bir qator shimoliy va sharqiy hududlarida quyuq smog tufayli xavfning “qizil” darajasini e'lon qildi. 

Xitoyning shimoliy va sharqiy viloyatlarida quyuq tuman kuzatilmoqda. U ko‘rish imkonini 500 metrgacha pasaytirib yuborgan. Iqlimshunoslarning ogohlantirishicha, ba'zi bir hollarda bu ko‘rsatkich 50 metrgacha tushishi mumkin.

Markaz ushbu mintaqalardagi haydovchilarga xavfsiz tezlikda harakatlanishni tavsiya qildi. Aeroportlar, dengiz portlari va avtomobil yo‘llarida tegishli xavfsizlik choralari ko‘rilgan.

Ma'lumot uchun, Xitoyda xavfning “to‘q sariq rangli” darajasi 30 dekabrda e'lon qilingandi. O‘shanda bir necha korxonalar o‘z faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi. Bolalar, keksa kishilar va nafas olish yo‘llarida muammo bo‘lgan insonlar ko‘chaga ko‘p vaqtga chiqishning zarari haqida ogohlantirilgan.

Iqlimshunoslarning taxminicha, ifloslanish darajasi 5 yanvardan so‘ng pasayishi mumkin.

Mavzuga oid