Fan-texnika | 20:03 / 06.01.2017
22068
1 daqiqa o‘qiladi

Bentley to‘rt o‘rindiqli dunyodagi eng tez avtomobilni taqdim qildi

Bentley kompaniyasi to‘rt o‘rindiqli dunyodagi eng tez avtomobil – Continental Supersports kupesini taqdim qildi. Yangi mashina joyidan 100 km/soat tezlikkacha 3,4 soniyada erishadi, maksimal tezligi esa soatiga 336 km ni tashkil qiladi. Mashina jahon bozorida 2017 yil 1-choragida paydo bo‘ladi.  

Kupe 6 litrli, 12 silindrli motor bilan jihozlanadi. Dvigatel 700 ot kuchi beradi. Shunday dvigatel Volkswagen konsernining bir qator modellarida, jumladan Bentley Bentayga krossoverida o‘rnatiladi. Motorning unumdorligi katta turbohaydagichlar va yaxshilangan sovitish tizimi qo‘llanishi hisobiga 100 ot kuchiga oshirilgan.

Mavzuga oid