Iqtisodiyot | 15:46 / 09.01.2017
6063
2 daqiqa o‘qiladi

McDonald’s Xitoydagi tarmog‘ining 80 foizini sotmoqda

Amerikaning tez ovqatlanish muassasalari tarmog‘i hisoblangan McDonald’s Xitoydagi restoranlarining 80 foizini sotishga qaror qildi. Kompaniya Xitoy va Honkongdagi biznesining 80 foizini Citic va Carlyle Group kabilardan tarkib topgan konsorsiumga sotish bo‘yicha kelishuvni imzoladi, deyiladi Citic bayonotida

Citic Limited, Sitic Capital Holdings, The Carlyle Group va McDonald's Corporation hamkorlikda Xitoy va Honkong hududida franchayzer vazifasini bajaruvchi kompaniyasiga asos soladi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun 20 yil muddat ajratilgan. Citic biznesning 52 foiziga egalik qiladi, Carlyle — 28 foiz ulushga ega bo‘ladi. McDonald's 20 foiz aksiyalarni o‘zida saqlab qoladi. 

Bitim qiymati 2,08 mlrd dollarni tashkil etadi. McDonald's Xitoyda sifatsiz mahsulotlardan foydalanilganiga oid mojarolardan so‘ng, Morgan Stanley bankiga murojaat qilib, Xitoy, Honkong va Janubiy Koreyadagi 2,8 ming restoranini sotishda amaliy yordam so‘ragan edi. 

Mavzuga oid