Jamiyat | 13:46 / 10.01.2017
12446
1 daqiqa o‘qiladi

Bred Pitt va Anjyelina Joli ajrim tafsilotlari bilan bo‘lishmaslikka qaror qilishdi

Foto: The Guardian

Hollivud kinoyulduzlari Bred Pitt va Anjyelina Joli ajrim jarayoni tafsilotlari bilan bo‘lishmaslik haqida kelishuvga erishishdi. Bu haqida CNN telekanali xabar berdi. 

"Tomonlar va ularning advokatlari juftlikning farzandlari hamda oilasiga taalluqli shaxsiy masalalarda daxlsizlikka rioya qilish to‘g‘risidagi bitimni imzolashdi. Bu barcha sud hujjatlari maxfiyligini saqlab qolishda ham o‘z aksini topadi", - deyiladi manbada.

Ta'kidlanishicha, kelgusida aktyorlar "yagona front bo‘lib harakat qilish" niyatidalar.  

Sentyabr oyi oxirida Anjyelina Jolining ajrashish uchun ariza bergani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek u suddan 6 nafar farzandi u bilan qoldirishni so‘ragan. 

Mavzuga oid