Jahon | 08:12 / 14.01.2017
5826
2 daqiqa o‘qiladi

Kot-d'Ivuarda isyonchilar hukumat bilan kelishuvga keldi

Foto: EPA

Kot-d'Ivuarda isyon ko‘targan harbiylar mamlakat hukumati bilan tartibsizliklarga olib kelgan maoshlar bo‘yicha kelishuvga keldilar. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda

Harbiylar vakilining aytishicha, kelishuvga mamlakat mudofaa vaziri Alen-Rishar Donvaxi boshchiligidagi delegatsiya bilan Buake shahrida erishilgan.   

Avvalroq isyonchilar hukumat va harbiy delegatsiyalar a'zolari bo‘lgan bu shaharni qurshab olganlari va shahardan chiqish yo‘llarini to‘sib qo‘yishgani ma'lum qilingandi.

Ushbu Afrika davlatida maoshlarning oshirilishini talab qilgan bir guruh harbiylar 6 yanvarga o‘tar kechasi huquq-tartibot muassasalari xodimlari bilan otishmaga kirishib, Buake shahridagi politsiya bo‘limlaridan qurol o‘g‘irlashgan. Shundan keyin ular shaharga kirish joylarida jangovar pozitsiyalarni egallab olishgan. Keyinroq yana ikki shahar – Daloa va Korogoda ham isyonlar ko‘tarilgan. Yaxshi qurollangan isyonchilar ba'zi yo‘llar ustidan nazoratni qo‘lga olishgan. Xavfsizlik kuchlari tartibsizliklar yuz bergan aholi punktlarini tark etishgan.

Mavzuga oid