Sport | 13:43 / 19.10.2024
4966
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda harbiylar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazildi

O‘zbekiston ilk bor o‘tkazilgan yirik xalqaro musobaqada 400 ga yaqin harbiy sportchilar va delegatsiyalar qatnashdi. Unda O‘zbekiston ayollar jamoasi 1-o‘rinni, erkaklar jamoasi esa 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

16-18 oktyabr kunlari Toshkentda ilk bor harbiylar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha 42-jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti Kun.uzʼga xabar berdi.

O‘zbekistonda ilk bor tashkil qilingan yirik musobaqa – Mudofaa vazirligi, sport, madaniyat va tashqi ishlar vazirliklari hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi hamkorligida o‘tkazildi. Unda 30 ta mamlakatdan 400 ga yaqin harbiy sportchilar va delegatsiyalar qatnashdi.

 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston ayollar jamoasi 1-o‘rinni, erkaklar jamoasi esa 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Yakuniy natijalar quyidagicha ko‘rinish oldi:

Ayollar o‘rtasida:

  • O‘zbekiston jamoasi — 1-o‘rin;
  • Fransiya jamoasi — 2-o‘rin;
  • Italiya va Mo‘g‘uliston jamoalari — 3-o‘rin.

Erkaklar o‘rtasida:

  • Mo‘g‘uliston jamoasi — 1-o‘rin;
  • O‘zbekiston jamoasi — 2-o‘rin;
  • Eron va Qozog‘iston jamoalari — 3-o‘rin.

Medallar to‘plami bo‘yicha:

  • O‘zbekiston jamoasi — 1-o‘rin;
  • Fransiya jamoasi — 2-o‘rin;
  • Mo‘g‘uliston jamoasi — 3-o‘rin.

 

Mavzuga oid