Jamiyat | 19:15 / 14.01.2017
228455
3 daqiqa o‘qiladi

Ozodbek Nazarbekov aholi uchun qo‘p qavatli uy qurayotgani rostmi?

O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov jurnalist Jasur Hamroyevning bir qator savollariga javob qaytardi.

Jurnalist Nazarbekovga Toshkent shahrining Sergeli tumanida aholi uchun ko‘p qavatli uy qurishi haqidagi mish-mishlar bilan bog‘liq savol berdi:

“Sergeli bilan bog‘liq mish-mishlarga to‘xtalsak, ya'ni go‘yoki hukumat rahbarlaridan sizga telefon qo‘ng‘irog‘i bo‘lgan va sizning gonoraringiz haqida so‘rashgan, go‘yoki yetti ming dollar deb aytgansiz va undan so‘ng Sergelidagi bir necha qurilish ishlarida jonbozlik ko‘rsatishingiz haqida buyruq berilgan. Shunga nima deysiz?”
 
“Umuman men uchun hukumat, Vatan degan tushunchalar uyg‘un tushunchalardir. Shuning uchun agar hukumat bizni oldimizga qandaydir vazifa qo‘yar ekan, men askar bo‘lib bajarishga harakat qilaman. Chunki bu o‘zim uchun faxr, sharaf. Lekin bu gaplarning hammasi mish-mish, hammasi yolg‘on. Yana qaytarib aytaman – agar topshiriq qo‘yiladigan bo‘lsa, qo‘limdan kelgancha, kuchim yetganicha Vatanga xizmat qilish men uchun sharaf”, - deya savolga javob qaytgan Nazarbekov.

Bundan tashqari, xonanda 2017 yilda konsert bermasligi borasida to‘xtalib o‘tgan: 

“Bu yil konsert berish-bermaslik g‘oyasi o‘tgan yili aprel oyi konsert paytida paydo bo‘lgan edi. Lekin ikkilanishlar ham bor edi. Odamlarga nima deymiz? Sabablarini qanday izohlaymiz, deb turganimizda, men juda ham hurmat qilgan, ustozim deb e'tirof etgan insonim O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaga konsert berish imkoni berildi. Shunda men konsertim uchun belgilangan kunlarni Yulduz opaga o‘zim taklif qildim. ‘Mana shu sanalarda bemalol konsert berishingiz mumkin’, dedim, chunki bu kunlar mening konsertim uchun bron qilingan edi.

Yulduz Usmonova bilan munosabatlarimiz hech qachon sovuqlashmagan. Ular bilan hech qachon ziddiyatli munosabatda bo‘lmaganmiz. Men ularni judayam hurmat qilganman. Bundan keyin ham hurmat qilaman. Aprel oyida Yulduz Usmonovaning konsert berishi meni o‘zim konsert berishimdan ko‘proq quvontiradi”,—dedi Ozodbek Nazarbekov. 

Yulduz Usmonovaning konsertida mehmon bo‘lasizmi?” degan savolga Ozodbek Nazarbekov “albatta” deya javob bergan.

Mavzuga oid