Jahon | 08:50 / 15.01.2017
10438
1 daqiqa o‘qiladi

Nyu-York meri va amerikalik yulduzlar Trampga qarshi namoyishga chiqishmoqchi

Foto: AP

Nyu-York meri Bill de Blazio va bir qator yulduzlar, jumladan aktyor Mark Ruffalo, kinorejissyor Maykl Mur va aktrisa Rozi Peres AQSh prezidenti etib saylangan Donald Trampning inauguratsiya arafasida unga qarshi o‘tkaziladigan norozilik namoyishiga qo‘shilmoqchilar. Bu haqda "Assoshieyted Press" axborot agentligi xabar bermoqda

"Biz Vashingtonga tahqirlashlar va zararli siyosiy qarorlarga qarshi har bir bosqichda, bugun, ertaga va har kuni kurashishimizni ma'lum qilamiz", deb aytgan Mark Ruffalo.

Namoyish tashkilotchilari Nyu-Yorkning minglab aholisi Trampga tegishli Trump International Hotel and Tower binosi oldida o‘tadigan namoyishda ishtirok etishlarini kutmoqdalar.

Avvalroq Vashingtonda 20 yanvarda Trampning inauguratsiyasiga xalaqit berish maqsadida ko‘p minglik namoyishlar o‘tkazilishi kutilayotgani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid