Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidentiga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek yaqinida «Boing 747» yuk samolyoti halokat uchragani munosabati bilan Qirg‘iziston prezidentiga hamdardlik bildirdi. Hamdardlik matni O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati saytida keltirilgan.
"O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevga «Boing 747» yuk samolyoti falokatga uchrab, ko‘plab insonlar, jumladan, bolalar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik izhor etdi", deyilgan unda.
16 yanvar kuni tongida Bishkekning «Manas» aeroportidan bir necha kilometr masofada joylashgan «Dacha» qo‘rg‘oniga Turkiyaning MyCargo Airlines aviakompaniyasiga tegishli yuk tashuvchi «Boing 747» rusumli samolyoti qulab tushdi.
Samolyot qulagach, qo‘rg‘ondagi 32ta uy vayron bo‘lib, unda uxlayotgan kishilar yonib ketgan. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 31 kishi halok bo‘lgan.
17 yanvar Qirg‘izistonda motam kuni deb e'lon qilingan.
Mavzuga oid
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024