Jahon | 11:57 / 17.01.2017
15392
2 daqiqa o‘qiladi

Bishkekdagi aviahalokat qurbonlari soni oshdi

Turkiyaning Boeing 747 samolyoti Bishkekning Manas aeroporti yaqiniga qulagan joyda topilgan jasadlar soni 38 nafarga yetdi. Bu haqda Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Muhammadqali Abulg‘oziyevga asoslanib, TASS xabar tarqatgan.

"Bugun yana bir jasad aniqlandi. U ekipaj a'zosiniki. Shu tariqa, aviahalokat qurbonlari soni 38 nafarni tashkil qilmoqda", degan u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qidiruv ishlari "hududda jasadlar qolmagani aniq bo‘lmagunicha" davom ettiriladi.

Bundan oldingi xabarlarda qurbonlarning 17 nafari bolalar bo‘lgani aytilgandi.

16 yanvar kuni tongda Bishkekning «Manas» aeroportidan bir necha kilometr masofada joylashgan «Dacha» qo‘rg‘oniga Turkiyaning MyCargo Airlines aviakompaniyasiga tegishli «Boing 747» yuk samolyoti qulagan edi.

Hodisa oqibatida qo‘rg‘ondagi 32ta uy vayron bo‘lgan. 17 yanvar Qirg‘izistonda motam kuni deb e'lon qilindi.

Mavzuga oid