Jahon | 00:35 / 18.01.2017
8491
1 daqiqa o‘qiladi

Marokash Gambiya prezidentiga boshpana bermoqchi

Marokash qiroli Muhammad VI Gambiyada prezident saylovlarini yutqazgan sobiq  prezident Yahyo Jammega agar u mag‘lubiyatini tan olsa, boshpana berishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Desk portali ma'lum qildi. 

Avvalroq Jamme lavozimini tark etmasa, Nigeriya va G‘arbiy Afrikaning qolgan davlatlari Gambiyaga qo‘shin olib kirishga tayyorlanayotganlari ma'lum qilingandi.

Portalning ma'lum qilishicha, marokashlik diplomatlar Gambiyaning endilikda sobiq rahbari bilan uni mag‘lubiyatni tan olishga ko‘ndirish maqsadida bir necha kundan beri muzokaralar olib borishmoqda. 

Portalning ta'kidlashicha, agar Jamme Marokash taklifini qabul qilsa, bu uchun "oltin pensiya" bo‘ladi.

Jamme 2010 yilda Gambiya qiroli bo‘lmoqchiligini e'lon qilgan, biroq bu fikridan qaytib, saylovlar o‘tkazishga qaror qilgan. 

Mavzuga oid