O‘zbekiston va Gambiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi
G‘arbiy Afrikada joylashgan Gambiya O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 148-davlat bo‘ldi.
14 mart kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Gambiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma kommyunike imzolandi.
Shu tariqa, G‘arbiy Afrikada joylashgan Gambiya O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 148-davlat bo‘ldi.
Ikki davlat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Gambiyaning BMTdagi doimiy vakili Lamine Dibba imzoladi.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan idoralari doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdorlik bildirdi.
Ikki tomonlama hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini topish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni faollashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
2023 yil 20 dekabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Gambiya tashqi ishlar, xalqaro hamkorlik va chet eldagi gambiyaliklar ishlari bo‘yicha vaziri Mamadu Tangara bilan uchrashib, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilgan edi.
Mavzuga oid
14:40 / 14.12.2024
Litiyga talab oshgani ortidan Nigeriyadagi konlarda bolalar mehnatidan foydalanilmoqda
17:18 / 28.11.2024
Osmondagi qirollik. Dengiz sathidan 1400 metr balandda joylashgan yagona davlat haqida nimalar ma’lum?
14:08 / 05.11.2024
Sahroi Kabirni ko‘kalamzorlashtirish Yer iqlimiga qanday ta’sir qiladi?
14:30 / 21.10.2024